Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogi

Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida yoshlar o‘rtasida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani ta’kidlandi. Bu yutuqlar salmog‘ining ortishida o‘zbek kikboksing maktabi vakillarining ham munosib o‘rni bor.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 900 dan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Musobaqa g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Iste’molchining huquqi buzilsa, u kimga murojaat qilishi kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: