Jakarta yana bir yirik musobaqaga mezbonlik qiladi

6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasining katta qismi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Jakarta shahriga yetib bordi. Sportchi va murabbiylarimiz musobaqa davomida Kemayoran dahasidagi Paralimpiya shaharchasida istiqomat qilishadi. Mazkur o‘yinlarda sportchilarimiz Paralimpiya sportining dzyudo, suzish, yengil atletika, o‘q otish va pauerlifting turlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Ma’lumot uchun, 6 oktyabr kuni Jakartadagi “Gelora Bung Karno Stadium”da musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 7 oktyabrdan esa asosiy musobaqalarga start beriladi.

 

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Magnit to‘foni: uning inson salomatligiga ta’siri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: