Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus O‘zbekistonga keladi

Shveysariyaning Jeneva shahrida Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Jeneva safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shodmonov JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqot chog‘ida yurtimizda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida T. Gebreyesus mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi va ushbu tarixiy voqealarning guvohi bo‘lish maqsadida shu yilning o‘zida yurtimizga tashrif buyurishini bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston va JSST o‘rtasida mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga har doim tayyor ekanligini ta’kidladi.

Yana o‘qing:  Yozgi ta’tiling maroqli o‘tsin, bolajon!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: