ISTE’DOD VA IZLANISH E’TIROFI

Poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida 26 dekabr kuni “E’tirof – 2014” Milliy mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirga madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar, kino, teatr, musiqa va raqs, tasviriy san’at sohasi fidoyilari, keng jamoatchilik vakillari, ustoz-murabbiylar, talabalar ishtirok etdi.

O‘tgan yil mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy hayotida unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Yurtimizning barcha hududlarida muhtasham madaniyat saroylari, yangi-yangi istirohat bog‘lari, bolalar musiqa va san’at, sport maktablari qurib foydalanishga topshirildi.

– Mamlakatimizda inson manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratish, fan, ta’lim, madaniyat va san’at, badiiy ijod, sport sohalarining gullab-yashnashi yo‘lida yaratilgan cheksiz imkoniyat va sharoitlar biz, ijodkorlarni yanada samarali faoliyat ko‘rsatishga chorlaydi, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri aktyori, “E’tirof – 2014” milliy mukofotining “Yilning eng yaxshi teatr aktyori” nominatsiyasi g‘olibi Umirbay Qosimbetov. – Madaniyat va san’at, ilmu ma’rifat ahliga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va e’tirof yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylash, istiqlol ne’matlarini ko‘z qorachig‘idek ardoqlash, yosh avlod tarbiyasi, ma’naviyatini yuksaltirish, ularning didi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirishdagi mas’uliyatni astoydil his etishga ruhlantiradi.

Tadbirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarga diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  BAYRAM SOVG‘ALARI JO‘NATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: