Islohotlar amalda

Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi sanoat korxonalarini barpo etish va mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar qatorida energetika sohasida erishilayotgan yutuqlarimiz ham talaygina.

Prezidentimizning 2015 yil 5 maydagi “2015–2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada elektr energiyasi sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiya va tizimlarni joriy etish borasida ustivor yo‘nalishni belgilab berdi.

Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston dunyoda o‘zini-o‘zi elektr energiya bilan ta’minlaydigan mamlakatlardan biriga aylandi. Bugungi kunda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar samarasi ila elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar va ko‘psonli iste’molchilarning imkoniyati yanada kengaydi.

Taraqqiy etgan va rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida muqobil elektr energiyasidan oqilona foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bularning barchasi iqtisodiyotimizning o‘sishi va taraqqiyotimizga xizmat qilishi, shubhasiz.

Sultonbek IKROMOV,

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  Qo‘shiqlarda vatan madhi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: