IQTISODIYOT TARMOQLARI – BARQARORLIK SARI ODIMLAR

Hozirgi paytda dunyo miqyosida yoqilg‘i energetika resurslari tanqis bo‘lgan bir davrda elektr energiyasini tejashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada 2012-2013 yil kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, sanoat korxonalari va o‘quv-tibbiyot muassasalari, tashkilotlar tasarrufidagi elektr uskuna va qozonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi bo‘yicha joylarda “O‘zdavlatenergonazorat” davlat inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi bir qator samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda gaz, ko‘mir, mazut kabi yoqilg‘i yoqib elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda va u ko‘plab xarajatlar hisobiga iste’molchilarga yetkazib beriladi. Iste’molchilar esa elektr energiyasini nafaqat zarur ehtiyojlar uchun, balki, uylarni isitishga sarflab, issiqlik energiyasiga aylantiradilar. Bu esa qanchadan-qancha elektr energiyasini ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi. Oqibatda qish mavsumida xonadonlar va tadbirkorlik sub’yektlarida xonalarni isitish uchun qo‘lda yasalgan, xavfsizlik qoidalari talablariga javob bermaydigan isitish vositalaridan foydalanish holatlari uchraydi. Natijada elektr tokidan zararlanish hamda baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi mumkin.

Hozirda ko‘plab elektr energiyasi tungi yoritish lampalariga sarflanadi. Maishiy sektorda avvaldan elektr energiyasini tejaydigan cho‘g‘lanma lampochkalardan foydalanilmoqda. Bu elektr energiyasini tejashda muhim ahamiyatga ega.

Shuni unutmaslik lozimki, har birimiz iste’molchilar tomonidan ko‘p miqdorda elektr energiyasini ishlatishning oldini olish va undan samarali foydalanish borasida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz, mavsumga pech yoqilg‘isi, o‘tin, ko‘mir tayyorlash hamda iste’molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini bir maromda yetkazib berish imkoniyatlarini yaratib berish kerakligini unutmasligimiz lozim. Bu nafaqat o‘zimizning tejamkorligimiz, balki mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga, elektr energiyasidan samarali va tejab-tergab, oqilona foydalanishimizga zamin yaratadi.

Hamza ROZMETOV,

“O‘zdavlatenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi texnik inspektori

Yana o‘qing:  Germanskoye obsh’estvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu (GIZ) GmbH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: