IJODKOR OILA TUHFASI

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Unda ijodkor pedagoglar – Aleksandr va Galina Li hamda ularning oila a’zolari asarlari namoyish etilmoqda.

Bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan Aleksandr va Galina Li uzoq yillar mobaynida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika rassomlik kollejida tasviriy san’atdan yoshlarga saboq bergan. A.Li ijodida tabiatga mehr va ehtirom ustuvor bo‘lsa, uning turmush o‘rtog‘i asosan bolalar uchun mo‘ljallangan asarlarga, ertaklarga suratlar ishlaydi.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan yuzdan ortiq asarda kitoblarga illyustratsiyalar, rangtasvir asarlaridan namunalar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Ularda Vatanga, hayotga, oilaga cheksiz mehr-muhabbat, shukronalik, shu aziz diyordan faxrlanish tuyg‘usi aks etgan.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  “Kamalak” sardorlari anjumani: 600 dan ziyod o‘g‘il-qiz tengdoshlari bilan tajriba almashishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: