HAMKORLIK ALOQALARI

kasb-hunar ta’limi muassasalarini amaliy-uslubiy rivojlantirishda muhim omil

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq yoshlarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida Yangiyo‘l Xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari nomzodi Avaz Agzamov ishtirok etdi va kollej o‘quvchilariga soliq tizimining iqtisodiyotdagi o‘rni hamda jamiyatning rivojlanish tarixida soliqlar to‘g‘risidagi nazariyalarning o‘ziga xosligi, ularning tahlili orqali samarali soliq tizimi modelini yanada takomillashtirib borish imkoniyatini slaydlar ko‘rinishida izohlab berdi. Bu esa yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuning­dek, “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan 123-guruh o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi seminar-treninglar o‘quvchilarning o‘z mutaxassisliklarini yanada chuqurroq o‘rganib, hayotga keng tatbiq etishlariga puxta zamin hozirlaydi.

Malohat TURSUNOVA,

Yangiyo‘l Xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN (2013-7)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: