G‘OLIBLAR ANIQLANDI

Qalbidagi bir olam hayajon yuzu ko‘ziga ko‘chgan o‘quvchilarni azim Toshkent shahri quchoq ochib qarshiladi. Hayajonlanmasdan bo‘larkanmi, axir bu kelajagi porloq navqiron yigit-qizlar respublikamizning turli viloyatlaridan mamlakatimiz poytaxtiga “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun kelgan. Ular mazkur tanlovga ota-onalari, ustozlari, do‘stlarining ishonchini oqlash uchun puxta hozirlik ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamkorligida har yili o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli ko‘rik-tanlov yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligini va madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish kabi vazifalardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Xalq ta’limi boshqarmalari tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning 28 ta ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi. Ko‘rik-tanlovning insho yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 13-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mushtariy Adhamjonova, ikkinchi o‘rinni Qarshi shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 8-sinf o‘quvchisi Muxlisa Berdinazarova, uchinchi o‘rinni esa Jizzax shahridagi 11– umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Ma’mura G‘aybullayeva qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Eng chiroyli insho muallifi” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Malika Ergasheva, Buxoro viloyatidagi 53-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sabrina Agaliyeva kabi o‘quvchilar g‘olib deb topildi.

Ko‘rik-tanlovning Tasviriy san’at yo‘nalishida Buxoro shahridagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Hamroxon Olimova birinchi, Toshkent shahridagi 223– umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Ma’rifat Jalilova ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Biybimaryam Japbarbergenova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Yana bir qator iqtidorli o‘quvchilar “Noan’anaviy asar muallifi” nominatsiyasiga sazovor bo‘lishdi. G‘olib o‘quvchilar vazirlikning diplomlari, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularga hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari ham topshirildi.

J. HAYDAROVA

Yana o‘qing:  TASHABBUSKOR YOSHLAR – YURT TAYANCHI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: