TASHABBUSKOR YOSHLAR – YURT TAYANCHI

Ma’naviy sog‘lom insonlar avvalo yurt tinchligi, farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qayg‘ura oladi. Bevosita oiladagi muhit ma’naviy sog‘lom insonni voyaga yetkazishning tayanch manbaidir. Barqaror muhitda tarbiya topgan bola kelajakda komil inson bo‘lib yetishishi shubhasizdir. Ana shunday iqtidorli yoshlardan biri Iroda Shorustamova.

Iroda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 171-umumta’lim maktabining 6-sinfida tahsil oladi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida ingliz va ispan tili to‘garaklariga qatnaydi. Ayniqsa, vakal ijrochiligiga ishtiyoqi baland. Uyida ham erkin ijod uchun barcha sharoit yaratilgan. U sinfdoshlari orasida ham a’lochilardan. Odob-axloqi, xushmuomalasi bilan do‘stlari orasida hurmat qozongan.

– Iroda intiluvchanligi, tirishqoqligi bilan boshqalardan ajralib turadi, – deydi qahramonimizning o‘qituvchisi Irina Nikolayevna. – U har bir daqiqadan unumli foydalanishga harakat qiladi. Uyga berilgan vazifani o‘z vaqtida bajaradi. Sababi uning oilasida sog‘lom muhit hukm suradi. Ota-onasini yaxshi taniyman. Ziyoli, ma’rifatli odamlar. Qizining o‘qishini, tarbiyasini nazoratsiz qoldirmaydi. Shu sabab Iroda ham ota-onasi kabi tashabbuskor, ma’rifatga intiluvchan qiz.

Darhaqiqat, bolaning ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sishida oila muhitining ta’siri kattadir, chunki oilaviy muhit qanday bo‘lsa, bolalar xuddi shu muhit ta’sirida shakllanadi. Irodaning te’ran fikrli shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-onasi barcha qulayliklarni yaratib beryapti.

Sportni o‘ziga do‘st bilgan Iroda tennis bilan ham muntazam ravishda shug‘ullanib boradi. Turli musobaqalarda ishtirok etishni kanda qilmaydi. Bu kabi yoshlar timsolida yurt kelajagi aks etgan desak yanglishmaymiz.

– Iroda juda ham yaxshi do‘st, – deydi dugonasi Rayhon Gaziyeva. – Maktabga ham, to‘garakga ham birga boramiz. O‘yinqaroqlikka berilib, dars tayyorlashga erinsam dugonam darhol o‘qishga undaydi. “Kelajakdagi orzularimizga erishishni istasang vaqtingni bekor o‘tkazma”, deb tanbeh beradi. Ustozimiz “Yaxshiga yondoshsang yetarsan murodga…”, deydi. Shuning uchun Irodadan bir qadam ham ortda qolmaslikka harakat qilaman. Ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda biroz qiynalaman. Uning zehni o‘tkir. Saboqlarni tez o‘zlashtiradi va menga ham yordam beradi.

Har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, yoshlar bugunning va ertaning davomchilaridir.

Mo‘tabar NIZOMOVA

Яна ўқинг:  КЎЗИ ОЖИЗЛАР УЧУН СМАРТФОН

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: