Faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan

Chirchiq Oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda kursantlar, ofitserlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani, harbiy xizmatga yoshlarimizning qiziqish va intilishi tobora ortib, Vatan himoyasi shon-sharafli faoliyatga aylangani alohida ta’kidlandi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari harbiylar hamda ularning oila-a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

“Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda “O‘zbegim yoshlari” ansambli hamda “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari milliy kamer orkestri tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Yana o‘qing:  “G‘UNCHA”KUNLARI DAVOM ETMOQDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: