FAXRIYLAR E’ZOZDA

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Toshkent shahar va tuman tayanch maskanlari xodimlari, madaniyat va sport ishlari bo‘limi hamkorligida Toshkent shahridagi “Respublika mehnat va urush faxriylari pansionati”da “Keksalar va faxriylar hamisha e’zozda” shiori ostida ma’daniy-ma’rifiy, xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda pansionatdagi faxriy, yolg‘iz keksa otaxon va onaxonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, dori-darmonlar, kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat muruvvat yordamlari topshirildi. Shuningdek, Olmazor tumanidagi 150 nafar faxriy, keksa va ijtimoiy himoyaga muhtoj onaxon va otaxonlar ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun O‘zbek Milliy akademik drama teatri tomoshasiga taklif etildi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar keksalarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  UY ShAROITIDA QONNI TAHLIL QILISH MUMKIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: