Faol yoshlar anjumani

Yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Munosib hayot, obod turmush tarzini targ‘ib etishda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda yurtimizda “Obod turmush yili” Davlat dasturi asosida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni mustaqil hayotga tayyorlash yo‘lida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu konferensiyani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarni har jihatdan barkamol inson etib tarbiyalash, ularning ijtimoiy-ma’naviy, huquqiy-siyosiy bilimini oshirishdan iborat.

Konferensiya uch yo‘nalishda – “Obod turmush yili”da erishilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati”, “Ijtimoiy hayot tarzini targ‘ib etishda ijtimoiy fanlarning o‘rni va ahamiyati” hamda “O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish holatlari va istiqbollari” mavzularida tashkil etildi.

Anjumanda oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va uning hududiy bo‘limlari rahbarlari, davlat va jamoat arboblari, jamoat tashkilotlari, OAV vakillari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib voyaga yetkazish yo‘lida aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sa’y-harakatlarda ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi. Shuningdek, konferensiya doirasida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi faoliyatiga oid hamda “Kamolot” YOIH tomonidan yoshlar faoliyatiga bag‘ishlab tayyorlangan videoroliklar, talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Hushyorlikda hikmat bisyor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: