El salomatligi e’tiborda

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jam­g‘armasi tomonidan uch nafar bemor yurtdoshlarimiz Koreya Respublikasining gospitallarida davolanish uchun yuborildi.

Bizga ma’lumki, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi aholi salomatligi yo‘lida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2012 yil davomida jamg‘arma mazkur yo‘nalishda Germaniyaning “Friyedensdorf Interneyshnl” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining Pundan Cha universiteti gospitali, Seul Milliy universiteti, In Xa universiteti gospitallari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsoni mavjud bo‘lgan o‘zbekistonlik bemor bolalar bepul sog‘­lomlashtirildi.

Jumladan, o‘tgan yilning iyul oyida Koreya Respublikasining In Xa universiteti gospitalining 17 nafar malakali shifokorlari tomonidan jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy markazida Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan jami 155 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan tashxis bo‘yicha dori-darmonlar tarqatildi. Shuningdek, bu kabi qator tibbiy tekshiruvlar Toshkent viloyati va tumanlarida ham o‘tkazildi.

In Xa universiteti gospitalining malakali shifokorlari tashrifi doirasida jami 938 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning asosiy qismini bolalar va ayollar tashkil etdi. Ko‘rikdan o‘tgan va yana malakali muolajaga muhtoj deb topilgan uch nafar bemor – Toshkent viloyati “Arirang” saxovat uyidan Olga Raisa, Navoiy shahridan Marjona Muxtorova, shu viloyatning Karmana tumanidan Shahnoza Xodjiyevalar davolanish uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketishdi.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/19)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: