Diqqat, yong‘in xavfsizligi kunlari!

Hurmatli hamyurtlar! Ma’lumki, qish faslida fuqarolarning isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyoji birmuncha ko‘payadi.

Bu yong‘in xavfi ortishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 7 noyabrdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi 309-sonli qaroriga asosan joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligi kunlari” o‘tkaziladi. Qarorda ko‘rsatilganidek, ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’yektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Aziz vatandoshlar! Sizdan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘ragan holda ta’kidlaymizki, bu davrda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilib, Siz nafaqat ushbu tadbirning faol ishtirokchisiga aylanasiz, balki bu bilan davlat va o‘z shaxsiy mulkingizni, uy-joyingizni yong‘indan asragan, shuningdek, yaqinlaringiz va farzandlaringiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi “Yong‘in xavfsizligi kunlari” tadbirlarining o‘tkazilishida faol ishtirok etgan tashabbuskor yurtdoshlarimizga oldindan samimiy minnatdorchilik bildiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi

Yana o‘qing:  2017 yil 5 sentyabr: O‘zbekistonda 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 8100 so‘mga teng

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: