Bugundan boshlab barcha mobil qurilmalar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi

30 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligining Aloqa tarixi muzeyida “Respublikamiz hududlarida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” matbuot anjumani o‘tkazdi.
Axborot texnologiyalarini joriy etish mamlakatimiz uchun muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning raqobatbardoshlilik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, shuningdek, 16 milliondan ko‘proq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. Respublikamizdagi mobil aloqa tizimi AKT sohasining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun matbuot anjumanida hududlarda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, aholiga hamda korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va infratuzilmalarini modernizatsiyalash masalalari muhokama etildi.
Mobil aloqa operatorlari ishtirokida o‘tgan tadbirda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, yangi xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish borasidagi taqdimotlarini o‘tkazdilar.
2019 yilda O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab 3000 ta yangi baza stansiyalarini o‘rnatadi.
Matbuot anjumanida qayd etilganidek, mobil qurilmalarni hisobga olish tizimining joriy etilishi mamlakatimizda 2019 yilning 1 aprelidan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimining operatori sifatida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” Davlat unitar korxonasi belgilangan bo‘lib, mazkur korxona negizida mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi o‘rnatildi.
Mazkur tizim Respublikamizning barcha GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan bo‘lib, ular o‘rtasida “onlayn” rejimida o‘zaro ma’ulumot almashish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur tizim import qilinadigan mobil qurilmalarning registratori vazifasini bajaradi.
1 apreldan boshlab O‘zbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarning avtomatik tarzda ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.
Qurilmani avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun haq olinmaydi.
Hisobga olish va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi quyidagilardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:
1) kontrafakt qurilmalarni – ya’ni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmani,
2) o‘g‘irlanganlik yoki yo‘qotganlik sababidan “qora ro‘yxat”ga kirib qolgan qurilmani,
3) bojxona nazoratidan o‘tmagan qurilmalarni.
Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini to‘g‘riligini – UZIMEI.UZ tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.
Hisobga olish va ro‘yhatdan o‘tkazish tizimi, shuningdek, GSMA assotsiatsiyasi bilan axborot almashinuvini o‘rnatishga, qolaversa, o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan abonent qurilmalari ro‘yxati almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan. Belgiya, Chili, Kosta-Rika, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gana, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Malta, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Venesuela shular jumlasidandir. GSMA bilan axborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan qurilmalarni ishlatishni cheklash imkonini beradi. Ayni paytda, O‘zbekiston hududida va aksincha GSMA ga a’zo kompaniyalar tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasining “qora ro‘yhati”ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni bo‘lmaydi.
Mobil terminallarni hisobga olish nazorati tizimi quyidagilarga imkon beradi:

Yana o‘qing:  Chet tili va uzluksiz ta’lim

1. Abonent qurilmalaridan foydalanish yoki o‘g‘irlangan qurilmalar bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish va aniqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy, kontrabanda yo‘l bilan abonent qurilmalarini olib kelinishini cheklash.
3. Xaridorlarga abonent qurilmalarini sotib olish paytida ularning maqomini tekshirishga, xarid qilinayotgan mahsulot sifati va servis xizmati kafolatini ta’minlashga yordam berish.

4. Xavfsizlik talabiga javob bermaydigan kontrafakt abonent qurilmalaridan foydalanishni kamaytirish hisobiga fuqarolar sog‘lig‘i himoyalash.
5. Kontrabanda va kontrafakt abonent qurilmalari noqonuniy aylanmasining pasayishi hisobiga telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash.
Matbuot anjumanida muhokama qilingan masalalar millionlab abonentlar uchun o‘ta muhimligi sababli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi mutaxassislari jurnalistlarga murojaat qilib, aholini mobil aloqa qurilmalarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining joriy etilayotgani yuzasidan keng xabardor qilishni so‘rashdi.
O‘z navbatida, Vazirlik 2019 yil mobaynida O‘zbekiston mobil aloqa abonentlari uchun noqulaylik tug‘ilishining oldini oli#sh va aholi xabardorligini oshirish maqsadida keng tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi.

Amal Soliyeva

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: