BOLALARNING YANA BIR YANGI BOFI

Poytaxtimizda «Bolajon» istirohat bog‘i ochildi

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi kunda poytaxtimizda o‘n ikkita madaniyat va istirohat bog‘i faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrda qabul qilingan «2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori asosida mazkur maskanlarni yanada rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizda zamonaviy qulayliklarga ega yana bir yangi istirohat bog‘i ishga tushdi. Qariyb besh gektar maydonni egallagan bog‘da uch mingdan ko‘proq manzarali daraxt mavjud. So‘lim gulzoru yashil maysazorlar, musiqali favvoralar bog‘ning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish barobarida yozda harorat mo‘tadilligini ta’minlaydi.

Bog‘ bejiz «Bolajon» deb nomlanmagan. Bu yerda bolakaylar uchun turli attraksionlar, ertaklar maydonchasi barpo etilgan. Shaxmat, shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan. Bog‘ni oilalarning sevimli dam olish maskaniga aylantirish, bolalar va yoshlar uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xayriya aksiyalari o‘tkazish rejalashtirilgan.

– Poytaxtimizda yangi bog‘ ochilayotganini eshitib, mahallamiz faollari bilan bu yerga keldik, – deydi Chilonzor tumani «Bo‘rijar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ma’mura Mahmudova. — Bog‘da yaratilgan sharoitni ko‘rib, juda xursand bo‘ldik. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning turmush farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.

«Bolajon» istirohat bog‘ining ochilishiga bag‘ishlangan madaniy tadbirda poytaxtimizdagi madaniyat uylari, «Barkamol avlod» markazlari, bolalar va yoshlar ijodiy jamoalarining konsert dasturi, yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi, rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

B.XIDIROVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Yangi darsliklar taqdimoti o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: