Yangi darsliklar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida davlatimiz rahbarining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va galdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda umumta’lim maktablarining 2-sinfi uchun yaratilgan chet tillari darslik majmualarining taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur o‘quv darsliklari yangi davlat ta’lim standartlari va talablari asosida yaratilgan.

Anjumanda ingliz, fransuz, nemis tili darsliklari mualliflari “Kids’ English-2” – S.Xan, L.Jo‘rayev, M.Ogay, “Deutsch macht spab-2” – M.Dadaxo‘jayeva, “Hirondelle-2” – S.Rahmonov va barcha viloyatlardagi amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etdi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun “Kids’ English-2” darslik majmuasini 100 ta maktabda 2014-yil 11 – yanvaridan 20-martgacha tajriba-sinovidan o‘tkazish rejalashtirildi.

Tajriba-sinov ishlari respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumta’lim maktabi bazasida tajriba-sinov sifatida chet tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan sinflarda tashkil etiladi.

Ushbu eksperimentator-o‘qituvchilar mazkur majmualardan foydalangan holda 2-sinflarda o‘quvchilarga haftasiga ikki soatdan, amaldagi darslarga qo‘shimcha ravishda chet tillardan dars o‘tishadi.

Bundan tashqari, chet tillarni maktabdan tashqari vaqtda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida umumta’lim maktablari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida boshlang‘ich sinflar uchun ham chet tili to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Яна ўқинг:  Васийлик ва ҳомийлик

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: