Astronomlar yangi sayyorani suratga olishdi

Yevropa janubiy observatoriyasida “Very large telescope (VLT)” teleskopi bilan ishlovchi astronom olimlar shakllanish bosiqchida bo‘lgan sayyorani ilk suratini olishga erishdilar.

«PDS 70b» nomini olgan yosh sayyora yangi paydo bo‘lgan yulduz atrofini o‘ragan gaz va changlar orasidagi yorqin dog‘ shaklida rasmda ko‘ringan.

Ushbu sayyora PDS 70 yulduzi atrofida Uranning quyoshdan uzoqligicha masofada aylanmoqda. Yorug‘likni spektral tahlili olimlarga «PDS 70b» sayyorasi Yupiterdan bir necha marta katta gazsimon gigant ekanligini aniqlash imkonini berdi. Ushbu sayyora atmosferasining quyi qatlamlari va yuzasining harorati ming daraja atrofida.

PDS 70 yulduzi yerdan 370 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, uning yoshi 10 million yildan oshmaydi. PDS 70 yulduzlar tizimini kuzatish SHINE va DISK dasturlari doirasida yosh yulduzlar tizimini o‘rganish imkonini beruvchi SPHERE uskunasi ishlatildi. SHINE dasturi doirasida 600 ta yosh yulduz, DISK doirasida esa yangi sayyoralarning shakllanish jarayonlari o‘rganilgan.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: