Bolajonlar quvonchi cheksiz

Yurtimizda «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ularning yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar asosida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizilsuv qishlog‘ida joylashgan «Mehribonlik» sog‘lomlashtirish oromgohida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borildi. Uning hududidagi mavjud 3 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxtlarga ishlov berildi.

Ushbu maskanda yozgi ta’til davomida 4 mavsumda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan 12 ta «Mehribonlik uylari»ning 900 nafar, Andijon va Guliston shaharlaridagi «Bolalar shaharchasi»ning 140 nafar, jami 1040 nafar tarbiyalanuvchilarining dam oldirilishi rejalashtirilgan.

Oromgohga birinchi mavsumda dam olish uchun kelgan Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 1-sonli, Zarafshon shahridagi «Shodlik», Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 11-sonli, Toshkent shahri Yunusobod tumani 21-sonli,Chilonzor tumanidagi 22 va 23-sonli, Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli «Mehribonlik uylari»dan jami 260 nafar bolajonlarning bu yerda yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklardan quvonchi cheksiz. Ularga jami 17 nafar pedagog-tarbiyachi, 9 nafar yetakchi, 1 nafar vrach va 1 nafar hamshira biriktirilgan.

Mavjud 277 o‘rinli yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, tibbiyot xonasi, sport maydonchalari, cho‘milish havzasi, to‘garak xonalari bolajonlar ixtiyorida. Shuningdek, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratilgan zarur sport inventarlari, Respublika Bolalar kutubxonasi fondidan 5000 dan ortiq kitoblar hamda bolalarning sevimli gazeta va jurnallari oromgohga keltirildi. Birgina bu emas, mavjud to‘garaklarning samarali va mazmunli faoliyat ko‘rsatishi uchun «Barkamol avlod» Respublika markazlaridan zarur jihozlar hamda malakali mutaxassislar jalb qilingan.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Yana o‘qing:  Zamin ohanglari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: