Inson qancha vaqt tush ko‘rishi mumkin?

  • Uxlagan paytimizda ham miya ishlashda davom etadi.
  • Inson tushida notanish odamlarni ko‘ra olmaydi – tushdagi har bir ishtirokchi real hayotda bir marta bo‘lsa ham uchragan bo‘ladi.
  • Ko‘zi sog‘lom odamlarning faqat 10 foizdan ko‘prog‘i tushlarini rangli holatda ko‘ra oladi.
  • Inson uyg‘onganidan 5 daqiqa o‘tib tushning yarminigina eslaydi, 10 daqiqadan keyin esa bor-yo‘g‘i 10 foizi yodida qoladi.
  • O‘rtacha hisobda inson hayotining uchdan bir qismi uyquda o‘tadi.
  • Sutkasiga sakkiz soatdan kam uxlaydigan odamlarda ortiqcha ovqatlanish va semirishga moyillik ko‘proq kuzatiladi.
  • Odamning uyqudagi sezgirligi bosh miyaning “talamus” deb ataluvchi hududiga bog‘liq. U uxlayotgan odamni uyg‘otib yuborishi mumkin bo‘lgan tashqi shovqinlarni filtrlab beruvchi impulslarni ishlab chiqarish xususiyatiga ega.
  • Ba’zi hayvonlar, masalan, ot, mol va fillar turgan holatda ham uxlashi mumkin. Ular o‘zini butunlay xavfsiz sezganda yotib uxlaydi.
  • Begemot suv ostida uxlay oladi. U har 3–5 daqiqada nafas olish uchun suv yuzasiga ko‘tariladi, lekin bu paytda uyg‘onmaydi.
  • Turnalar uzoq parvoz vaqtida charchab qolsa, uchib ketayotgan joyida 10 daqiqa mizg‘ib olish qobiliyatiga ega.
  • Delfin va kitlar dam olayotgan paytda suv yuzasiga chiqib nafas olib turishlari uchun, ularning miya sharlari navbatma-navbat uxlaydi.
  • Mashhur rassom Salvador Dalining stulda o‘tirganda tez uxlab qolish odati bo‘lgan. Shuning uchun u stulda o‘tirgan paytda qo‘liga og‘ir kalit ushlab olgan, qattiq uyquga ketgan paytda kalit polga tushib, uni uyg‘otgan. Rassomning aytishicha, uyg‘onganidan so‘ng u ijod uchun yangi g‘oyalarni va turli muammolarning yechimini oson topgan.
  • Odam uyquga ketgach, taxminan yarim soatlardan keyin tush ko‘rishni boshlaydi. Umumiy uyqu vaqtining 15–20 foizini tush tashkil etadi.
  • Olimlar aniqlagan eng uzoq tush 3 soatu 8 daqiqa davom etgan. Rekordchining bu vaqt ichida nimalarni ko‘rgani haqida esa ma’lumotlar yo‘q.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: