Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 oktyabr kuni Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga yetkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida vakolatxonasi ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi va “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tatbiq etilmagan imkoniyatlar” konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.

Yana o‘qing:  Qarshida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida qiymati 1,5 milliard so‘mdan ortiq 60 ga yaqin shartnoma imzolandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: