Planshetlar noutbuklarni ortda qoldirmoqda

Planshetlarning dunyo miqyosidagi savdosi 2013-yilda noutbuklar, 2015-yilga kelib esa butun shaxsiy kompyuterlar savdosidan oshib ketadi, deyiladi IDC tahliliy kompaniyasi tadqiqotida.

Joriy yilda dunyo bozoriga 229,3 millionta planshet yetkazib berilishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgi 144,5 milliontadan 58,7% ga ko‘p demakdir. IDC kompaniyasining ta’kidlashicha, iste’molchilarning planshetlarga munosabati jiddiy ravishda o‘zgargan. Kompyuterlar iste’molchilar, ayniqsa, biznes-foydalanuvchilar uchun avvalgidek muhim rol o‘ynab qolsa-da, ko‘pchilik kundalik hayot uchun oddiy va bejirim tanlov sifatida planshetlarni afzal ko‘rmoqda.

Ayni paytda dunyoning planshetlar bozori OC Android bazasidagi arzon moslamalar evaziga faol rivojlanmoqda. 2013-yilda planshetning o‘rtacha bahosi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 10,8% ga ya’ni 381 dollargacha arzonlashadi, deya bashorat qilmoqdalar tahlilchilar. Taqqoslash uchun, joriy yilda shaxsiy kompyuterning o‘rtacha narxi 635 dollar bo‘lishi kutilmoqda, bu planshetlar bahosidan deyarli 2 baravar qimmatdir.

Yana o‘qing:  Uchar avtomobil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: