Baqlajonli salat
Kerakli masalliqlar: 3 dona baqlajon, 2 dona tuxum, ozgina un, 2 dona pomidor, sarimsoqpiyoz va o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: baqlajonni po‘stidan tozalab, somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi. So‘ngra tuzli suvga 30 daqiqaga solib qo‘yiladi. Suvdan siqib olingach, baqlajonga tuxum aralashtiriladi va ustidan un sepiladi. Yarim tayyor bo‘lgan baqlajon qizdirilgan yog‘da qizartirib olinadi. So‘ng boshqa idishda pomidorni qirg‘ichdan o‘tkazib, unga sarimsoqpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz va qalampir solinadi. Keyin pishgan baqlajon ustiga ushbu sharbat quyiladi. Tayyor bo‘lgan salat likopchalarga solinib, dasturxonga tortiladi.
Dilfuza AZIMOVA tayyorladi