O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi

Latviya poytaxti Riga shahrida joriy yilning 28-30 avgust kunlari Latviya-O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida biznes forum o‘tkazildi.

Ushbu forum doirasida “O‘zbekoziqovqatxolding” XK vakillari tomonidan oziq-ovqat sohasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” matbuot xizmati “Kun.uz”ga xabar qilishicha, bu muzokaralar natijasiga ko‘ra, Riga shahrida O‘zbekiston -Latviya savdo uyi ochilishiga kelishib olindi. Shuningdek, Yevropaning barcha mamlakatlari, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlariga O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni saqlab va yetkazib beruvchi logistika markazi “hub” ishga tushiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa mamlakatlari savdo pesh-taxtalarini O‘zbekistonning sarxil mevalari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir.

Muzokaralar davomida shuningdek, Jizzax viloyatida qattiq turdagi pishloq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ochish bo‘yicha memorandum imzolangan.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: