Noto‘g‘ri ovqatlanish teri kasalliklarini keltirib chiqaradi
Olimlar inson terisi ma’lum vaqtlarda ultrabinafsha nurlariga ta’sirchan bo‘lishini aniqladi. The Daily Mail jurnalida yozilishicha, tadqiqotchilar sichqonlarni odatiy tartibni buzib oziqlantirganda, jonivorlarning terisi quyushdan ko‘proq zararlangan.
Bunga sabab, noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli terini ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi fermentlar ishlab chiqarilishi kamayadi. Shuningdek, sichqonlarda ovqatlanish grafikasining buzilishi teri genlari ta’sirchanligini taxminan 10 foizga o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.
Texas universiteti doktori Yozef Takaxasining fikricha, normal tartibda ovqatlanish kunduzi quyush ta’siridan himoya qiladi, bu esa teri saratoni xavfini kamaytiradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, melanoma (eng xavfli teri saratoni) ning paydo bo‘lishi taxminan 95 foiz, boshqa turdagi teri kasalliklarining yuzaga kelishi 99 foiz holatlarda ultrabinafsha nurlar bilan bog‘liq.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.