Oshqovoqli blinchik
Zarur mahsulotlar: (xamir uchun) 100 gramm un, 2 dona tuxum, 250 ml sut, bir chimdim tuz, ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘i, (masalliq uchun) 300 gramm oshqovoq, 100 gramm tvorog, (qayla uchun) 250 ml apelsin shirasi, 1 choy qoshiq asal, 2 sm uzunlikdagi zanjabil tomiri bo‘lakchalari.
Tayyor bo‘lish vaqti: 50 daqiqa
Miqdori (porsiyasi): 5
Tayyorlanishi:
- Chuqur kosaga un, tuz, tuxum, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va sut solinib, qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 20 daqiqaga sochiq bilan yopib qo‘yiladi.
- Oshqovoqning po‘sti archilib, kichkina bo‘laklarga bo‘linadi. 200 gradus issiqlikda 30 daqiqa toblab pishiriladi.
- Zanjabil tomirlari qirgichning kichkina teshiklaridan o‘tkaziladi.
- Idishga apelsin shirasi, zanjabil va asal solinadi. O‘rtacha balandlikdagi olovda qayla holatiga kelguncha qaynatiladi va suzgichdan o‘tkaziladi.
- Oshqovoq bo‘tqa holiga kelguncha eziladi va tvorog bilan aralashtiriladi. Qaylaning yarmi qo‘shiladi.
- Blin xamiri yog‘ qizib turgan tovaga ikki osh qoshiqdan solinadi va har ikkala tomoni 2–3 daqiqadan qovuriladi.
- Blinchiklar oshqovoq bo‘tqasi bilan to‘ldiriladi va o‘raladi. Ustiga ortgan qayla quyiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi