Buxoroda yil oxirigacha go‘sht narxi 25 000 so‘mdan oshmaydi
Buxoro viloyatining barcha tumanlarida go‘shtni 25 000 so‘mdan sotilishi qat’iy belgilangan. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev Xalqaro Press-klubning Buxorodagi sayyor sessiyasi chog‘ida bu haqda ma’lum qildi.
Har kuni tumanlardagi «Elga xizmat» shaxobchalarida hokimlik va fermerlar tashabbusi bilan go‘shtni 25 000 so‘mdan sotilishi tashkil qilinmoqda. Bu borada tumanlar hokimlari tomonidan nazorat olib borilmoqda. Biz yil oxirigacha go‘shtni ushbu narxda sotilishini ta’minlash maqsadida maxsus jadval asosida fermer xo‘jaliklari bilan kelishib olganmiz. Men va’da beraman, yil oxirigacha viloyatda go‘sht 25 000 so‘mdan oshmagan narxda sotiladi, sun’iy ravishda narxni oshirayotgan xususiy tadbirkorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, dedi Barnoyev.