Shirinliklarni yoqtiruvchi erkaklar depressiyaga moyil bo‘ladi
Pravda.RU sayti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shirinliklarni yoqtiruvchi erkaklar depressiya va bezovtalikka moyil bo‘ladi. 5000 nafar erkak va 2000 nafar ayolning qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi hamda ruhiy holatining 30 yil davomidagi tahlili asosida shunday xulosa chiqarildi.
Ma’lum bo‘lishicha, agar erkak kishi 67 grammdan ortiq shakar iste’mol qilsa, undagi depressiya va bezovtalik kasalliklari xavfi shakarni yoqtirmaydiganlarga nisbatan 23 foizga ortadi. Olimlar shakar insonning kayfiyatiga kuchli ta’sir qilishini ta’kidlayapti. Shakar boshida qisqa vaqt his-tuyg‘ular holatini yaxshilashi mumkin, ammo keyin emotsional tushkunlikni yuzaga keltiradi. Bunday holat faqat erkaklarga xos bo‘lib, ayollarda kuzatilmaydi.
Ancha vaqt oldin London universiteti kolleji xodimlari shirin mahsulot va ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish yaqin besh yil ichidagi ruxiy kasalliklar xavfi oshishi bilan bog‘liqligini isbotlagan edi.
Olimlar ruhiy kasalliklarga yo‘liqqan odamlarga ratsionidagi shakar miqdorini kamaytirishni maslahat beradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.