Toshkent shahrida o‘tkaziladigan to‘y-hasham va oilaviy tadbirlarni ixchamlashtirishga doir tavsiyaviy tartib ishlab chiqildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 iyunda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Toshkent shahar hokimining 2012 yil 10 martdagi 732-sonli hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2012 yil 18 aprelidagi 137/4-18-sonli “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosi samaradorligini oshirish, shahar aholisi orasida ularning targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida “Jamoatchilik kengashi” tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar asosida poytaxtning barcha mahallalarida ushbu tartibni targ‘ib etish tavsiya etiladi.

Unga ko‘ra nikoh to‘yi o‘tkazilayotganidan mahalla xabardorligini ta’minlash maqsadida FHDYo idoralari tomonidan nikohlanuvchi yoshlarning ariza topshirayotgan vaqtida ularning yashash joylaridagi mahallalardan ma’lumotnoma olinishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birgalikda to‘yxona, restoran va kafelarda o‘tkaziladigan tadbir ish kunlari soat 7: 00dan 9: 00gacha, 12: 00dan 14: 00 gacha va 18: 00dan 23: 00gacha o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi. Tadbirlarda taklif etilganlar sonining cheklanishi (200-300 kishidan oshirmaslik) hamda beshik to‘yi, sunnat to‘yi, aqiqa kabi marosimlarning 20-30 nafardan iborat yaqin qarindoshlar o‘rtasida ortiqcha sarf-xarajat va tog‘oralarsiz o‘tkazilishi alohida bo‘limlarda qayd etildi. Diniy mavzudagi ma’ruza faqat din vakili tomonidan qilinishi ham alohida belgilab qo‘yildi. Shu jumladan, inson tug‘ilishi bilan bog‘liq barcha tadbirlarni faqat yaqin qarindoshlar davrasida tashkil etilishi, nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar qisqartirilishi, Ramazon va Qurbon hayitlarida kelin tomonidan yuboriladigan yo‘qlovlarga chek qo‘yish alohida belgilab qo‘yiladi. Kelin va kuyovning ota-onasi, yaqinlari, ayniqsa, keksalarni borib ko‘rish va tarixiy obidalarni ziyorat qilish yoki turli ko‘ngilochar maskanlariga borishlarini tashkil qilinishi ham ko‘zda tutildi. Shu o‘rinda “oqo‘rar” va fotiha kabi marosimlarini birlashtirish, ortiqcha xarajat talab qiluvchi barcha holatlarga qat’iy chek qo‘yish ham alohida qayd etildi.

Bundan tashqari marhumlarni xotirlab o‘tkaziladigan marosimlarga to‘xtalib, janoza o‘qilgach, 3 kungacha dasturxon bezatilmagan holda fotihagarchilikni tashkil qilish tavsiya etildi.

Yana o‘qing:  Qizamiq va qizilcha:

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: