Kashfiyot: nerv tizimi zararlanishini ortga qaytarish mumkin
Xitoylik olimlar bedavo hisoblanuvchi nerv kasalliklarini davolashning yangi usulini taqdim qildi. Bunday kasalliklar nerv tizimiga ziyon yetkazuvchi kimyoviy vositalar ta’sirida yuzaga keladi.
Insektitsid va gerbitsidlar tarkibidagi organofosfat moddasi neyronlar membranasidagi TRPA1 kanalini faollashtirib, sezuvchi neyronlarni zararlaydi. Shuningdek, bu jarayon neyronlar faolligining kuchayishiga ham sabab bo‘ladi. Oqibatda teridagi og‘riq, muskullar nazoratining yo‘qolishi va falajlik kelib chiqadi.
Ma’lumki, TRPA1 ga mavjud preparatlar orqali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Olimlar 2000 ga yaqin preparatlar bazasini tekshirib chiqib, ikkita muvofiq variantni topdi (duloksetin va ketotifen). Bu vositalar nerv kasalligi simptomlarini yengillashtiradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.