San’at ixlosmandlari rahmdil va ochiqqo‘l bo‘lishadi
Kent (AQSH) universiteti olimlari 30476 nafar odamning ma’lumotlarini tahlil qilib, ularning yoqtirgan mashg‘ulotlarini aniqlandi. Qatnashchilar qancha xayr-ehson qilganliklari to‘g‘risida ham gapirib berdi. Tadqiqot teatr va san’at galereyalariga borishni xush ko‘ruvchilar rahmdil va sahiy bo‘lishini isbotladi, deb yozadi The Daily Mail nashri.
Tadqiqotchilar san’atga muhabbat bilan saxovat o‘rtasida uzviy aloqa borligini aniqladi. Bunda moddiy ahvol, yosh, shaxsiy sifat kabi omillar unchalik ahamiyatga ega emas. Olimlar fikricha, san’at insonning baxtiyorlik darajasini oshiradi, shuning uchun ularda boshqalarga yordam berish xohishi paydo bo‘ladi.
Jumladan, Lixay (AQSH) universiteti xodimlari odamlar issiq ob-havoda saxovatpeshalik harakatlarini kamroq bajarishini ta’kidlaydi. Bunga chakana savdo tarmog‘i ishchilarining yuqori haroratda mijozlarga 50 foiz kamroq yordam ko‘rsatishini misol qilib keltirish mumkin.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.