Yangi telekanal ishga tushdi

O‘zbekistonda raqamli “O‘zreport – TV” test tizimida ish boshladi. Ushbu kanal zamonaviy axborot tarqatuvchi biznes kanal bo‘lib, ishbilarmon odamlar doirasiga mo‘ljallangan.

“O‘zreport – TV” mustaqil, nodavlat telekanal bo‘lib, bu haqda “O‘zreport – TV” axborot agentligi ma’lumot berdi.

Telekanal ikki tilda faoliyat olib boradi va unda har soatda dolzarb ijtimoiy yangiliklar, iqtisodiyot, biznes hamda moliyaga oid xabarlar berib boriladi.

Iqtisodiyotga oid tahliliy mualliflik dasturlari, bundan tashqari moliya bozori, bank tizimi, sug‘urta va lizing sohalari borasidagi fikrlar, izohlar, mutaxassislar bilan suhbatlar va madaniy-ma’rifiy mavzulardagi ko‘rsatuvlar doimiy ravishda efirga uzatiladi.

Ushbu kanalni raqamli TV-tyuner orqali tomosha qilish mumkin.

Yana o‘qing:  Ochiq eshiklar kuni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: