Sobiq turmush o‘rtog‘imdan pul so‘rashga haqqim bormi?

Nikohim bekor qilinganiga olti oy bo‘ldi. Kasallik tufayli tayinli joyda ishlay olmayapman. Bunday vaziyatda, garchi sobiq bo‘lsa-da turmush o‘rtog‘imdan pul so‘rashga haqqim bor ekan. Shu to‘g‘rimi?

M. SOBITOVA, Toshkent shahri

“Oila” kodeksida nikohdan ajralgandan keyin ham sobiq er (yoki xotin) yordamga muhtoj xotin (yoki er)ga ta’minot berishga majburligi qayd etilgan. Lekin siz bilan bog‘liq holatda sobiq eringizdan ta’minot olishingiz uchun “Oila” kodeksining 118-moddasida belgilangan ikki jihatning mavjudligi talab etiladi. Ulardan birinchisi – sizning mehnatga layoqatsizligingiz va yordamga muhtojligingizning realligi, ikkinchisi shuki, mehnatga layoqatsizlik nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil ichida yuzaga kelgan bo‘lishi lozim.

Sobiq er-xotinning bir-biriga ta’minot berish va uni to‘lash tartibi o‘zaro kelishuv bilan, kelishuv bo‘lmagan taqdirda sud tartibida belgilanishi mumkin. Sud tartibida ta’minot miqdori ta’minot beruvchining moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa shu kabi e’tiborga loyiq jihatlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Lekin bunda to‘lanadigan ta’minot miqdori eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.

Savolga Toshkent shahar 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi

Iroda MUSTAFOYEVA

javob berdi

Yana o‘qing:  Oriyati doston bo‘lgan el

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: