Har bir iste’dod – e’tiborda

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining san’atshunoslik fakulteti magistratura bosqichida saboq olayotgan bir guruh talabalar yaqinda “Nigoh” ijodiy guruhini tashkil etdi. Bu xayrli ishdan ko‘zlangan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan bolalarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, bolalar qalbida o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortishiga turtki berish hamda iste’dodlarni munosib rag‘batlantirishdan iboratdir.

Kichkintoylarning adabiy-badiiy bezakli “G‘uncha” jurnali bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Birga chizamiz” tadbiri guruh yoshlarining ilk ishi – birinchi qadami bo‘ldi. Mashg‘ulot O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Davlat muzeyi zalida bo‘lib o‘tdi. Unda institut talabalari, ustozlar, “Kelajak ovozi” va “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi” vakillari hamda 171-maktab o‘quvchilari qatnashdilar.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga homiy tashkilotlar tomonidan sovg‘alar hamda “G‘uncha” jurnali va “Nigoh” ijodiy guruhining diplom va sertifikatlari topshirildi.

Zahro HASANOVA

Yana o‘qing:  Zamin ohanglari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: