“TASHABBUS – 2013” munosiblar taqdirlandi

O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlar uyushmasi, respublika hunarmandlarining “Hunarmand” uyushmasi hamda yana bir qancha tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan an’anaviy “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining bu yilgi respublika bosqichi ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida viloyat bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tanlovda “Navoiy fayz mebel” korxonasi, “Rubber trast”, “Lest story torg”, “Jondor chashmasi”, “Evroasia karpet” kabi ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, ilg‘or fermer xo‘jaliklari, hunarmandlar o‘zlarining eng sara mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2012 yil 22 oktyabr­dagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda fermerlik harakati qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy qismi yetishtirilayotgan 66 ming fermer xo‘jaliklarini o‘z ichiga oladi.

Tanlovda namoyish etilgan milliy buyumlar, kulolchilik, musiqa asboblari, atlas, adras, beqasam matolardan tikilgan milliy liboslar, xalq ustalari tomonidan tayyorlangan betakror mahsulotlar dilni quvontiradi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U. Rozuqulov so‘zga chiqib, tanlov g‘oliblarini va barcha tanlov ishtirokchilarining erishgan yutuqlari haqida so‘zlab, ularning kelgusi izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

G‘oliblar uchun uchta asosiy – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishlarida, shuningdek, “Yilning eng yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi innovatsion loyihasi”, “Yoshlar uchun eng ko‘p ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkor”, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi” hamda “Mening Vatanim – mening faxrim” kabi qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

“2013 yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasida Andijon viloyatidan “Rubber trast” xususiy korxonasi rahbari Abdulhoshim Ismoilov, “2013 yilning eng yaxshi fermeri” nominatsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Bayramqilich Dadebayev, “2013 yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro viloyatidan Mahfuza Salimovalar g‘olib deb topildilar. Ularga Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobillari topshirildi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga pul mukofotlari, qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha sovrindorlarga kompyuter to‘plamlari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga qo‘shimcha ko‘mak beriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: