Qo‘qonda kitobxonlar bayrami
Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida kitobxonlar bayrami bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, olimlar, taniqli yozuvchi – shoirlar, o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda halqimiz ma’naviyati va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tafakkurini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mutoalaaga qiziqishini va kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlashdi. Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kitob bayrami ham ana shu qarorning yaqqol ijrosi bo‘ldi. Institut hovlisi talabalar va yurtdoshlarimizning gavjumligi, qizg‘in kayfiyatlari bilan bayramona tusga kirdi. Bayramga institutning O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti “Iste’dod” to‘garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan she’riy va badiiy sahna chiqishlari o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi. Tadbirda nashriyot va matbaa korxonlari tomonidan kitoblar savdosi tashkil qilindi.