Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal

Bahor yasharish va yangilanish fasli. bu paytda ayol zoti borki, go‘zallikka intiladi. quyida ularga bir qancha tavsiyalarimizni berib o‘tamiz.

Yuz terisini parvarishlash ayollardan o‘ziga xos jarayonni talab qiladi. Kosmetologlarning tavsiyalariga ko‘ra yuz terisini bahorda atir sovun yordamida yuvish mutlaqo mumkin emas. Sababi bu faslga kelib, terining haddan ortiq qurishi kuzatiladi. Atir sovun bilan yuvilgan yuz esa bu jarayonni yanada tezlashishiga sabab bo‘ladi. Yaxshisi yuzni moychechakli damlama bilan chaying. Bu damlama antiseptik (yallig‘lanishga qarshi) ta’sir kuchiga ega.

 

Yuz uchun tiniqlashtiruvchi niqob

1 dona xom kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, bir chimdim tuz, bir choy qoshiq quruq sut, 1 dona iylangan tuxumning yarmi hamda 1-2 tomchi limon sharbati bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani yuz terisiga surtib, 20 daqiqadan so‘ng iliq suvda chaying. Mazkur niqob barcha turdagi yuz terisi uchun mo‘ljallangan.

 

Yuz uchun oqartiruvchi niqob

Aloe bargini go‘sht qiymalagichdan o‘tkazib, ichiga ozgina un aralashtiring. So‘ngra yuz terisiga suring va 20 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlang. Mazkur niqob yuz terisini tozalaydi va oqartiradi.

 

Yog‘li yuzlar uchun niqob

1 choy qoshiq limon sharbatini 0,5 stakan qaynagan suv bilan aralashtirib, paxtali tampon yordamida yuz terisini arting.

Sizni bahoriy go‘zallik aslo tark etmasin!

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Geliomagnit bo‘ronlar xuruji

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: