Bayram salati

Zarur mahsulotlar: 250 gr. konservalangan baliq,  3 dona tuxum, 150 gr. piyoz, 200 gr. sabzi, 150 gr. tuzlangan bodring, ta’bga ko‘ra mayonez va o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tuxum suvda pishirib olinib mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Sabzi qirg‘ichning katta tomonidan chiqariladi.
Tovaga yog‘ solib piyozni qizartirib olinadi. So‘ngra ketidan sabzi solib qovurishda davom etilib 5 daqiqaga dimlanadi.
Aloxida likobchada baliqni sanchiq yordamida ezib olinadi. Tayyor bo‘lgan masalliqlarni quyidagi tartib bilan joylanadi.: baliq, mayonez, bodring, mayonez, tuxum, mayonez, qovurilgan sabzi shu ketma-ketlikda joylaniladi.
Salatga qanday shakl berishi o‘z fantaziyangizdan kelib chiqqan holda. Bayram salati tayyor. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: