Kartoshkali teftel
Zarur mahsulotlar: 1 kg. kartoshka, 250 gr. go‘sht, 400 gr. pishloq, 150 gr. un, 2 ta tuxum, 50 gr. sariyog‘, ta’bga ko‘ra tuz, murch va ko‘katlar kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tozalangan kartoshkalar bug‘da pishirib olinadi. Sovugandan keyin qirg‘ichdan o‘tkazib, bitta tuxum, 200 gr. qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, tuz va un qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. Qiyma tayyor bo‘lgunga qadar massa muzlatgichga qo‘yib turiladi.
Qiyma uchun: pishgan go‘sht, pishloq va tuxumni solib, blendr yordamida aralashtiriladi.
Muzlatgichdan massani olib, undan kichik zuvalachalar hosil qilinadi hamda un yordamida ular o‘rtasiga qiyma joylanadi. Dumaloq qilib berkitilgan zuvalalar sariyog‘ solingan tovada qovurib olinadi. Tayyor bo‘lgan teftellarni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga tortishingiz mumkin.
BEGOYIM