JAMG‘ARMA FAOLIYATIDAN (2013-9)

Toshkent shahar jamg‘armaning tayanch maskani tomonidan Toshkent Davlat sirkida bo‘lib o‘tgan tomoshalarga Toshkent shahrining Bektemir, Sergeli va Chilonzor tumanlaridagi jami 115 nafar imkoniyati cheklangan bolalar va tuman vasiylik bo‘limida ro‘yxatda turuvchi o‘smirlar jalb qilindi.

 

Surxondaryo viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahri “Surxon” sport majmuasida karate-do bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. Musobaqada jami 100 nafardan ortiq 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qiz va bolalar ishtirok etdi. G‘oliblarga jamg‘armaning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

 

Toshkent viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi Yuqori Chirchiq tumanining eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi jami 1331 nafar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tibbiy ko‘rik jarayonida shifokorlar ko‘rsatmalariga asosan 995 nafar insonlarga xayriya yordami ko‘rsatildi.

 

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xorazm viloyat bo‘limi hamkorlikda “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” loyihasi doirasida Urganch shahridagi Tibbiyot kollejida “Mustahkam oila – obod turmush garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, nikohning huquqiy asoslari mavzularida suhbatlar tashkil etildi. Shu hududda yashovchi 60 nafar aholiga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

 

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Samarqand shahar “Afrosiyob” sport majmuasida ayollar o‘rtasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi. Pastdarg‘om tumanidagi 43-maktabda o‘smir qizlarni sportga keng­roq jalb qilish maqsadida musobaqa o‘tkazildi.

 

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi: mintaqa jahon standartlaridan ortda qolmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: