“FARZANDLARI SOG`LOM YURT – QUDRATLI BO`LUR”

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi hamda “Sog`lom avlod” gazetasi hamkorligida yoshlar o`rtasida “Farzandlari sog`lom yurt – qudratli bo`lur” tanlovini e’lon qiladi

Tanlov 2013-yil aprel oyining oxirgi haftasida yakunlanib, quyida berilgan savollarga to`g`ri javob yo`llagan g`oliblar nomi gazetaning maxsus sonida e’lon qilinadi. G‘oliblar “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasining 20 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan tadbirda jamg`arma tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Savollar:

1. O`zbekiston Respub­li­ka­si­ning ilk ordeni qachon ta’sis etilgan va u qanday nomlanadi?

2. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tashkil etilgan sana.

3. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi qaysi yo`nalishlarda faoliyat yuritadi?

4. Mamlakatimizda 2000-yil qanday nomlangan?

5. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etayotgan “Salomatlik poyezdi” mutaxassislari asosan yurtimizning qaysi hududlaridagi aholiga xizmat qilmoqda?

6. Qaysi yil “Barkamol avlod yili” deb nomlangan?

7. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tomonidan har yili yosh musi­qachilar o`rtasida o`tka­zi­ladigan ko`rik-tanlovlar nomini ayting.

8. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi respublika miqyosida qanday sport musobaqalarini tashkil­lash­tir­moqda?

9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi haqida nimalarni bilasiz?

10. Jamg`arma qaysi davlat dasturlari loyihalarini tuzishda faol qatnashgan va ularni amalga oshi­rishda hukumatga ko`mak­lash­moqda?

11. “Ona va bola skriningi” Davlat dasturining mohiyati nimadan iborat?

12. Jamg`arma homiyligidagi “Kamalak jilosi” hamda “Maftunkor ranglar dunyosi” rasmlar ko`rik-tanlovlarida kimlar ishtirok etadi?

13. Reproduktiv salomatlik nima?

14. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi xalqimiz genofondini sog`lomlashtirish uchun qaysi davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda?

15. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`ar­masining xal­qaro hamkorlari haqida qanday ma’lumotga egasiz?

16. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasining tibbiy yo`nalishda qanday loyihalari mavjud?

Mazkur savollarga eng yaqin aloqa bo`limlari orqali “Sog`lom avlod” gazetasi tahririyatiga yoki jamg`armaning fondsau@yahoo.com, gazeta tahririyatining maktub@soglom.uz elektron pochtalariga yuboring. Tanlov bo`yicha batafsil ma’lumotni www.soglom.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.

SAVOLLARGA TO`G`RI JAVOB YO`LLANG VA G`OLIB BO`LING!

Яна ўқинг:  БАХТЛИ БОЛАЛИК

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: