Dadamga o‘xshab qutqaruvchi bo‘laman

Dadam harbiy sohada faoliyat olib boradi. U kishini chin ma’nodagi sharafli kasb egasi, deb hisoblayman. Chunki, ular favqulodda vaziyatlarda insonlar hayotini saqlab qoladi.

Balki, shu sababli menda ham og‘ir vaziyatlarda doimo inson hayotini qutqarishga, favqulodda holatlarning oldini olishga shay turadigan, jasur va oliyjanob dadamga, u kishining sharafli kasbiga nisbatan mehr uyg‘ongandir.

Yodimda, bolaligimda biron nimadan qo‘rqsam, oyim meni tinchlantirish uchun dadamni namuna qilib ko‘rsatar edi. “O‘g‘lim, hech narsadan qo‘rqma, axir bizni himoya qiladigan dadajoning bor. Yurtimizda ular singari vatanparvar, kuchli harbiylar bor ekan, sen va bizlarga hech narsa xavf sola olmaydi” deb ovutar edi. Shu sababli har doim dadamga o‘xshashga urinardim. Bolalikdagi eng sevimli mashg‘ulotlarimdan biri esa ularning bosh kiyimini kiyib, o‘zimni askar deya tasavvur qilish edi. Harakatlarimni kuzatib turgan dadam xatolarimni tuzatib, meni xuddi harbiylar singari to‘g‘ri qadam tashlashga, qo‘llarini chakkaga qo‘yib, hurmat ko‘rsatishga o‘rgatar edi.

Hozirda garchi o‘spirin bo‘lsamda, harbiy bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Dadamning ko‘rsatmalariga binoan, kundalik zimmamga qo‘yilgan vazifani u kishi ishdan qaytgunlariga qadar sidqidildan bajaraman. Bundan ota-onam juda quvonadi.

Nasib bo‘lsa, kelajakda dadam singari jasur qutqaruvchi bo‘laman.

 

Azizjon UMRZOQOV,

Angren shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Yana o‘qing:  KELAJAKKA ZAMIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: