Choynak
Choynak xafa singlimdan,
Bir chetda jim turibdi.
Yuvib, chaymabdi es-siz,
Shundan xomush yuribdi.
– Qiziq,nega odamlar
Ichimga choy soldilar,
Chanqog‘i bosilgach, so‘ng
Shama bilan qoldirar?
O‘kinar choynak shu dam,
Ahvolidan uyalib.
Qolgandi-da boyaqish
Shama bilan bo‘yalib.
Xolisaxon qadrlar,
Choynakning xizmatini,
Yaraqlatib, shu bugun
Ko‘rsatar izzatini.
Dilhayot ERKINOVA,
Angren shahar, 25-maktab 7-sinf o‘quvchisi