Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan madaniy dastur bo‘lib o‘tdi

“Istiqlol” san’at saroyida 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan madaniy dastur bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur do‘stlik va san’at kechasi O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar yo‘nalishda ham izchil rivojlanib bormoqda. 2005 yili Toshkentda xitoy tili va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha Konfutsiy instituti ochilgan. Hozirda ushbu dargohda 350 dan ziyod tinglovchi, talaba va ishbilarmon tahsil olmoqda. Institut tashkil qilinganidan buyon 2,5 mingdan ortiq kishi o‘quv kurslarini tamomladi.

2012–2013 o‘quv yilidan Pekin chet tillar universitetida o‘zbek tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda “O‘zbekiston – Xitoy: birodarlik yo‘li” nomli hujjatli film va konsert namoyish etildi.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: