Mazmunli va ko‘ngilli ta’til

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda yoshlar sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

– Sport maktabimizda 600 ga yaqin bola darsdan tashqari paytlarda sportning futbol, voleybol, basketbol, tennis turlari bilan muntazam shug‘ullanadi, – deydi Mirobod tumani 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Mehri Qurbonova. – Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tez-tez musobaqalar uyushtiramiz. Bu tadbirlar ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Bellashuvlar yakunida g‘oliblar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

J. SA’DULLAYEV

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: