Plastmassadan tayyorlangan yo‘llar
Niderlandiyada 2017 yil oxiriga kelib, plastmassadan tayyorlangan birinchi yo‘l paydo bo‘ladi. Bunday avtomobil yo‘li yuklamani asfalt kabi ko‘tara oladigan maxsus modullardan yig‘iladi.
An’anaviy yo‘l qoplamasiga nisbatan plastik modullar ancha kamroq vaznga ega va ularni oson tashish mumkin. Tuproq esa kamroq darajada cho‘kadi. Uning konstruksiyasida kabel va turli kommunikatsiyalarni o‘tkazish uchun bo‘shliqlar ko‘zda tutilgan. Modullar o‘z xizmat muddatini o‘tagandan keyin, ularni qayta ishlab, yana ishlatish mumkin.
– Bizda “Wavin” va “Total” kompaniyalari bilan birgalikda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha yetarlicha bilim, tajriba va zaxiralar mavjud. Bunday yo‘l prototipi 2017 yil oxirigacha paydo bo‘lishiga umid qilmoqdamiz, – deydi ixtirochilardan biri.
S. OCHILOV