Ranglar bilan tillashib…

Nodira har tong o‘zi tahsil olayotgan Respublika rassomlik kollejiga ulkan orzular, rejalar bilan shoshadi. Dastgoh qarshisiga o‘tirganida uzoq-uzoqlarga termuladi, porloq kelajagini ko‘z oldiga keltiradi.

Tasavvuridagi olamni his etadi va uni bo‘lajak asarida aks etirishga kirishadi. Bor bilimini, iqtidorini ishga solib, ustozlari aytganidek, o‘zidagi 10 foiz qobiliyat hamda 90 foiz mehnatdan to‘liq foydalanishga intiladi. Shu yo‘sin mo‘jazgina asar dunyoga keladi. Bu esa yosh rassom qizni yanada yuqori marralar sari undaydi.

Nodiraxon Shavkatova respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rik-tanlovlar g‘olibasi. Dastlab u 2013 yilda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Yozni kamolot va kamalak bilan” kabi tanlovlarda ham faol ishtirok etdi. Uning kelajakdagi eng katta orzusi Kamolliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi bo‘lib, yoshlarga rang-tasvir yo‘nalishida saboq berishdir.

– Leonardo Da Vinchi, Rinuar, Reypin, Akmal Nur, Abdulhaq Abdullayev, Ro‘zi Choriyev, Chingiz Ahmarov kabi rassomlarning ijodiga qiziqaman. Ayniqsa, Abdulhaq Abdullayevning “Ona” portreti menda katta taassurot qoldirgan. Ushbu asar ham chiroyli, ham texnik jihatdan mukammal yaratilgan, – deydi biz bilan suhbatda Nodiraxon Shavkatova.

U o‘zi ijod etgan “Burjlar olami”, “Surxondaryo barchinlari” nomli kompozitsiyalari ko‘rik-tanlovlarda ijobiy baholanganidan mamnun ekanligini ta’kidlaydi. Bo‘lajak rassom, ayniqsa, natyurmort janrida ijod qilishni yoqtiradi. Qadimda ota-bobolarimiz foydalangan buyumlardan ko‘proq ilhom oladi.

Biz yosh rassom qizga kelajak parovozi baland bo‘lishini tiladik.

 

Mayna HASANOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Miya qanday ishlaydi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: