Terma jamoamiz durang o‘ynadi

Kolumbiyada futzal bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekis­ton milliy terma jamoasi a’zolari dastlabki ochkoni qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli yigirma to‘rt davlati terma jamoasi 6 guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta jamoa pley-­off bosqichida ishtirok etadi.

Chempionatda Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalari bilan birga “A” guruhida to‘p surayotgan mamlakatimiz futbolchilari dastlabki o‘yinda panamaliklarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Guruhdagi ikkinchi bahsda terma jamoamiz a’zolari kolumbiyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi. Ayni payt­da terma jamoamiz hisobida bir ochko bor. Futbolchilarimiz navbatdagi o‘yinni 16 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

 

T.ORTIQOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: