Yurtimiz tinchligi, obodligi – baxtli turmushimiz asosidir

deydi qoraqalpog‘istonlik Jolg‘asbay Bayniyazov.

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida chinakam baxtli insonlar makon qilgan Baxtli qishlog‘ida Jalg‘asbay aka va Gulayda opani tanimagan, ularning oilasiga havas qilmagan kishi yo‘q.

Uch nafar farzandni halol mehnat bilan boqib ulg‘aytirgan xonadon ahliga chetdan qarasangiz, so‘z bilan zeb berish ortiqchadek ko‘rinadi.

Shukurki, kundan kun chiroy ochib borayotgan yurtimizning har go‘shasida, har mahalla, har ko‘chasida bu kabi baxtiyor oilalar bisyor. Ular haqidagi jajji hikoyalar ulg‘ayayotgan yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Jalg‘asbay aka juda kamtarin inson, insoniylikning bu go‘zal fazilatini hayot hikmati sifatida qadrlaydi. Davralarda kamsuqum, ammo el dasturxonini yashnatadi. Asl kasbi hisobchilik bo‘lgan qahramonimiz hamisha kasbini qadrlab mehnat qildi. Yurtimizda mustaqillik epkini esa boshlagan yillarda imkoniyatlardan unumli foydalanib “Qumli atau” fermer xo‘jaligini tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi sohasini yanada chuqurroq o‘rgandi. Keng fe’li, manzur yetakchilik qobiliyati sabab bugun J. Bayniyazov “Chimboydon” korxonasida rahbarlik qilib kelmoqda.

Jalg‘asbay aka, “savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak”, degan aqidani hayot mazmuniga aylantirgan. Oilada farzandlariga, ishda korxona xodimlariga ham bu borada ibrat ko‘rsatib, bemoru ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini uzatadi. Keksalarning duosini oladi. El-yurtga sadoqatini, ezgu tilaklarini xayrli amallarida namoyon etadi. Zero, shu kabi insonlarning fidoyi mehnatlari bilan yurtimiz obod, xalqimiz dasturxoni to‘kindir.

 

Oygul Razzoqova,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yana o‘qing:  Chiqindilar va ularni qayta ishlash borasida...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: